O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi vitse-prezidenti Alifu Aiershi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda tomonlar seleksiya, urug‘chilik, yuqori hosilli ekinlar yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning kompleks usullari, melioratsiya va suvni tejaydigan texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qilish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mashinalari, issiqxonalar qurish va boshqa tegishli sohalarda samarali hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Uchrashuv so’nggida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat doirasida:
✔️Xalqaro ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish;
✔️Qo‘shma tadqiqotlar va ularning natijalarini nashr etish;
✔️Seminar, o‘quv kurslari, konferensiyalar tashkil etish;
✔️Kadrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi – bu ikki davlat o‘rtasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi strategik aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Ushbu tashrif va kelishuvlar natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori samaradorlikka erishish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro miqyosda ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu esa nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki butun qishloq xo‘jaligi sektori uchun muhim ahamiyat kasb etadi.