Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston va Boshqirdiston: Ilm-fan hamkorligida yangi bosqich boshlandi


Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, savdo va xizmatlar vaziri, Boshqirdiston Respublikasi YevroOsiyo Ilm-ta’lim markazi direktori hamda Boshqirdiston rivojlanish korporatsiyasi vakillari tarkibidagi rasmiy delegatsiya savdo-iqtisodiy, sanoat, ilm-ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 
Ushbu rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti hamda Boshqirdiston Respublikasi YevroOsiyo Ilm-ta’lim markazi o‘rtasida ilm-ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Hamkorlik shartnomasi doirasida Fizika-texnika institutida YevroOsiyo Ilm-ta’lim markazi vakolatxonasini tashkil etish, ilmiy-amaliy loyihalarni boshqarish, fan boshqaruvi sohalarida hamkorlikda o‘zaro manfaatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari hamda Boshqirdiston Respublikasi YevroOsiyo Ilm-ta’lim markazi olimlari uchun fotonika, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, atom energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yadro fizikasi sohalarida ikkala tomon yetakchi olimlarining beg‘araz ma’ruza hamda master-klasslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. 

Shartnoma doirasida shuningdek hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish, hamkorlikdagi tadqiqotlar uchun olim va doktorantlarni ikkala tomonga yuborish, o‘zaro manfaatli tajriba hamda ilmiy-texnikaviy axborot almashuvini tashkil qilish rejalashtirilgan. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!