馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston-Turkiya: ijtimoiy-gumanitar fanlar yo始nalishidagi ilmiy aloqalar


O始zbekiston hamda Turkiya o始rtasida jamiyatimizning barcha jabhalari singari ilm-fan sohasidagi hamkorlik yuksak darajada yo’lga qo’yilgan, desak mubolag’a bo’lmaydi.

 Xususan, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti adabiy aloqalar va adabiyot nazariyasi hamda o始zbek mumtoz adabiyoti bo始limlari xodimlari tomonidan turk adabiyoti tarixi va buguni chuqur tadqiq etib kelinmoqda. Turk adabiyoti haqida ilmiy ishlar, tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bugungacha Institut Turkiya Jumhuriyatining bir qator ilmiy tadqiqot markazlari va oliy ta始lim muassasalari bilan aloqalar o始rnatgan. Jumladan, 袗nqara universiteti, 袗nqara Hoji Bayram Vali universiteti, Karabuk universiteti, 袗masya universitetlari bilan ilmiy hamkorliklar yo始lga qo始yilgan. 袗nqara universiteti professori 袗ynur O始z O始zjan, Hoji Bayram Vali universiteti professori Vali Savash Yeluk, Ege universiteti professori Fikret Turkman, 袗masya universiteti professori Metin Orbaylar Turkiya tomonidan vakil sifatida faoliyat olib borishmoqda. Yuqorida aytilgan universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud. Hamkorlik shartnomalarida, asosan, o始zbek va turk ijodkorlari asarlarini tarjima qilish, ular asosida ilmiy tadqiqotlar yaratish, tadqiqotchilarni Turkiya ta始lim muassalarida stajirovkaga yuborish, folklor ekspeditsiyalariga olib chiqish, ma始lum mavzular doirasida hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida tadqiqotlar olib borish, dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik va opponentlik ishlarida hamkorlik qilish kabi masalalar belgilangan.

Shuningdek, FA Milliy arxeologiya markazi va Turkiya Respublikasining Istanbul universiteti San始at tarixi instituti o始rtasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan Yerqo始rg始on yodgorligida arxeologik izlanishlar olib borish haqida shartnoma imzolangan. Milliy arxeologiya markazi ushbu tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun Turkiya ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qadimda Yevroosiyo mintaqasida ko始chmanchi chorvadorlarning tarqalishi, Turk hoqonligi va turkiy davlatlar (Saljuqiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar) tarixini o始rganish borasida qo始shma izlanishlar olib borish taklifini bildirgan.

Bundan tashqari, F袗 Davlat adabiyot muzeyi Turkiyaning Karabuk universiteti bilan ilmiy hamkorlikni yo始lga qo始ygan. 2020-yildan boshlab Turkiyaning G始ozt Bayram Valiy, Egey va Qoradengiz universitetlari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik tashkil etilib, hamkorlik shartnomalari imzolangan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!