Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston-Tailand: Xalqaro ilmiy hamkorlik yangi bosqichda!


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simliklar kimyosi instituti hamda Tailandning Burapha universiteti Farmatsevtika fanlari fakulteti o‘rtasida ilmiy va texnik hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvning asosiy yo‘nalishlari:

  •  Metabolik, neyrodegenerativ va yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda davolash uchun innovatsion dori vositalarini yaratish;
  •  Biologik faol qo‘shimchalar va kosmetologiya mahsulotlarini ishlab chiqish;
  •  Ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish va natijalarni amaliyotga joriy etish;
  •  yuqori malakali kadrlar tayyorlash.

Ushbu kelishuv ikki davlat ilm-fani o‘rtasida integratsiyani kuchaytirib, tajriba almashinuvi va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Ayniqsa, dorivor o‘simliklar kimyosi va farmatsevtika sohasida yangi mahsulotlar yaratish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion yechimlar olib kirish imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!