Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi


2022-yil 1-iyun kuni boʻlib oʻtgan Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S. Yuldashev nanotexnologiyalar va axborot texnologiyalari yo‘nalishida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi (https://scientificrussia.ru/).

Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashevni Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga saylangani bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, yangi ijodiy yutuqlar va faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun. AQSH, Xitoy, Belarus, Tojikiston, Oʻzbekiston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Armaniston, Singapur, Moʻgʻuliston, Avstraliya, Hindiston, Ozarbayjon, Abxaziya, Germaniya, Serbiya, Buyuk Britaniya, Qirg'iziston, Avstriya, Fransiya, Qozog'iston, Shveytsariya va Kanada kabi davlatlardan 48 nafar olim Rossiya Fanlar akademiyasining yangi xorijiy aʼzolari boʻldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!