Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston-Ozarbayjon Fanlar akademiyalari hamkorligi: olimlarimizning ilm yo’lidagi mustahkam qadamlari


   Bugun Boku shahrida boʻlib oʻtgan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining umumiy yigʻilishida O’zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev maʼruza qildi. Ilmiy yig'ilishdan so‘ng Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti A.Habibbeyli va vitse-prezidenti A.Gashimov hamda O’zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayevlar ishtirokida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki mamlakat Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlik, ularni kengaytirish va yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ikki azaliy qardosh, do’st davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan oʻzaro manfaatli ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, qoʻshma ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, yigʻilishlar va amaliy seminarlar tashkil etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish, ilmiy-texnikaviy taʼlim va ilmiy-texnikaviy taʼminotni rivojlantirishga koʻmaklashish rejalashtirilgan. Bu uchrashuv mamlakatlarimiz o’rtasidagi ilm-fan yutuqlarini almashish, olimlarimizning kelgusi do’stona hamkorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!