Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekiston muzeylari – ma’naviyat maskani” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi


O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston muzeylari – ma’naviyat maskani” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

  

Tadbirda “Moziyga sayohat” dasturi doirasida muzeyga tashrif buyurgan Toshkent davlat agrar universitetining 1-kurs talabalariga, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-maktab va Yunusobod tumanidagi 274-maktab o‘quvchilari hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi qoshidagi “SAYQAL” sozandalar  ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi va O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Shiroq” spektakli namoyish etildi.

 

Shuningdek, aholimizda saqlanayotgan madaniy boyliklarni davlat muzeylariga topshirilishini rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasida ishtirok etgan aholi vakillari va muzey xodimlari taqdirlandilar.

Ushbu aksiya doirasida muzey xazinasiga qadimiy idish, toshbosma asar, Temuriylar davriga oid mis va kumush tangalar topshirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!