Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"O‘zbekiston mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashning ilg‘or texnologiyalarini yaratish va foydalanishning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi


 

  




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9-sentyabr 298-son qarorining 2-ilovasi 8-bandi keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti tashkil topganligining 90 yilligiga va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan "O‘zbekiston mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashning ilg‘or texnologiyalarini yaratish va foydalanishning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya 2023 yil 16-17 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab anjumanni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita shakllantirildi, konferensiya dasturi ishlab chiqildi.

  “Актуальные проблемы создания и использования высоких технологий переработки минерально-сырьевых ресурсов Узбекистана”mavzusidagi ilmiy  konferensiya materiallari, shuningdek institut faoliyati, tarixi, yutuqlari, ishlanmalari aks ettirilgan kitob chop ettirildi. 

Konferensiyada Rossiya federatsiyasini bir qancha shaharlaridan, Xitoy, Belorussiya, Qozg‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, AQSh, Germaniya, Serbiya Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan sohaga oid ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi yirik olimlar, prfessor o‘qituvchilar qatnashdilar.  Shuningdek Respublikamizning Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tadqiqot instutilarining olimlari, doktarantlari va Oliy ta'lim muassalarining professor o‘qituvchilari va konferentsiya mavzusiga oid ilmiy tadqiqot ishlari bajaryotgan talabalar, doktorantlar, ishlab chiqarishdan yirik sanoat korxonalarini mutaxassislari qatnashdilar.

Anjumanning ochilish ma'rosimi va plenar ma'ruzalar eshitildi. Konferensiyaning ikkinchi kuni esa 5 ta bo‘limdan:   1-bo‘lim: “O‘g‘itlar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi, yangi avlod defoliantlari va agrokimyoviy moddalar”,  2-bo‘lim: “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”, 3-bo‘lim: “Silikat va qiyin suyuqlanuvchi nometal materiallar kimyosi va kimyoviy texnologiyasi”, 4-bo‘lim: “Kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi”, 5-bo‘lim: “Metallurgiya va koordinatsion kimyo” bo‘yicha  doktorantlar va tegishli sohaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning ma'ruzalari tinglandi, savol javoblar bo‘ldi, taqdirlash jarayoni amalga oshirildi va yakuniy so‘zga chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Anjuman ishtirokchilariga 2023 yil 18 noyabr kuni Toshkent va Samarqand boʼylab sayohat uyushtirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!