Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbekiston – millatlararo totuv va diniy bagʼrikeng mamlakat” nomli koʼrgazma ochildi


Bagʼrikenglik oʼzbek xalqiga xos boʼlgan chinakam insoniy fazilatdir. U samimiyat, ochiq muloqot hamda vijdon va eʼtiqod tufayli vujudga keladi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarda, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar bilan doʼstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʼrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinadi.

Bu, ayni paytda Oʼzbekistonning barcha sohadagi islohotlarida ham oʼz aksini topmoqda. Xususan, “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi ustuvor yoʼnalishi aynan diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash masalasiga bagʼishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga qaratayotgani yuksak eʼtiborning namunasi hamdir.

FA Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʼzbekiston – millatlaro totuv va diniy bagʼrikeng mamlakat” koʼrgazmasi ochildi. Koʼrgazma А.Navoiy nomidagi Oʼzbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

Koʼrgazmada kutubxona va muzey fondlarida saqlanayotgan turli dinlar tarixi, urf-odatlar va marosimlari haqidagi 40 dan ortiq kitoblar namoyishga qoʼyilgan boʼlib ular ilk matbaa usulida chop etilgan toshbosma asarlardir. Shuningdek, Fransuz sharqshunos olimi M.Kazimirskiy (1808-1887) tomonidan amalga oshirilgan Qurʼon tarjimasi va tahlili, yer yuzidagi barcha xalqlarning diniy urf-odat va marosimlari yoritilgan asar, mashhur Gʼarb olimlarining bir qator Sharq davlatlarida ilm-fan va sanʼat sohalarida erishilgan yutuqlari haqidagi asarlari, ilmiy izlanishlari, tarjima va tahlillariga oid kitoblar namoyish etildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!