Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston florasining noyob vakili Xalqaro Qizil ro’yxatga kiritildi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari O'zbekiston florasining noyob vakili Moluccella bucharica (B. Fedtsch.) Ryding relikt va endemik turini Turlarni Muhofaza Qilish Xalqaro Ittifoqining (IUCN) Qizil ro'yxatiga “butunlay yo’q bo’lib ketish arafasida” (“critically endangered”) maqomi ostida kiritdilar.

Ta'kidlash joizki, ushbu ish o'zbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro’yxatga kiritilishi bo’yicha dastlabki natija hisoblanadi. Buxoro molusellasi dunyo bo'yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o’sadi. Yarim asr davomida tur populyatsiyasi 79% ga qisqarib ketdi. Bugungi kunda ushbu kamyob tur ning tabiatimizdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, tur populyatsiyasining qisqarib ketishida kuchli antropogen ta’sir va ekologiyaning keskin o’zgarib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Ushbu turning Xalqaro Qizil ro’yxatga kiritilganligi to’g’risidagi maqola TMXI ning rasmiy saytida e’lon qilindi. (https://www.iucnredlist.org/species/198563178/198563231).


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!