Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston botanikasi uchun xalqaro hamkorlikning yangi qirrasi


2022-yilning 26-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida Isroilning Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zexavit Ben Xilel tashrif buyurdi va Institut direktori Davron Dehqonov bilan uchrashuv oʼtkazdi.

 

Uchrashuvda tomonlar oʼsimliklar bioxilma-xilligini saqlash, unda zamonaviy sugʼorish texnologiyalarini qoʼllash hamda FA Botanika instituti va Ierusalim Botanika bogʼlari oʼrtasida ilm-fan sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari boʼyicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida tez kunlarda tomonlarning urugʼ almashinish va ularni yetishtirish, Toshkent Botanika bogʼida Isroil davlati florasi burchagini tashkil etish, oʼzaro xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, bioxilma-xillikni saqlash borasida oʼzaro tajriba almashinish yoʼnalishlarini oʼz ichiga olgan Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Uchrashuv ilmiy-amaliy jihatdan sermahsul va doʼstona ruhda oʼtdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!