Joriy yil 25–30-aprel kunlari Toshkent shahrida seysmologiya sohasidagi eng yirik xalqaro ilmiy tadbirlardan biri - Osiyo seysmologik komissiyasining (ASC) 16-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur Assambleyaning poytaxtimizda o‘tkazilishida asosiy tashkiliy va ilmiy masalalar bo‘yicha asosiy ijrochi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti hisoblanadi.
Ushbu institut zilzilalarni o‘rganish, seysmik rayonlashtirish va seysmik xavflarni baholash bo‘yicha mintaqadagi yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Institut ilmiy dastur koordinatori sifatida tematik sessiyalarni shakllantirish, ma’ruzalarni ekspertlik asosida tanlash hamda ilmiy muhokamalarni tashkil etishni ta’minlaydi. Assambleyada dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan seysmologiya, geofizika, muhandislik seysmologiyasi va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etadi, bu esa tadbirning yuqori xalqaro maqomini tasdiqlaydi. Assambleya dasturi 300 dan ortiq ilmiy ma’ruzalarni hamda zamonaviy seysmologiyaning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 22 ta tematik ilmiy sessiyani qamrab oladi:
Shuningdek, assambleya ishida zilzilalarni prognozlash va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish masalalarida sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan.
25-aprel
26-aprel
27–28-aprel
29-aprel
Assambleyaning Toshkent shahrida o‘tkazilishi alohida ramziy ahamiyatga ega. 2026-yilda 1966-yilgi Toshkent zilzilasiga 60 yil to‘ladi. Ushbu voqea mintaqada seysmologiya fanining rivojlanishida muhim burilish nuqtasi bo‘lgan. Shuningdek, 2026-yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tashkil etilganining 60 yilligi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur institut seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan.
Osiyo seysmologik komissiyasi (ASC) 16-Bosh Assambleyasining maqsadi
Mazkur tadbir ilmiy hamjamiyatni birlashtirish, seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda global miqyosda tabiiy xavflarga qarshi barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim platformaga aylanadi.