Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

#Oʻzbek-Xitoy: Zoologiya fani rivoji uchun xalqaro istiqbolli rejalar muhokama qilindi


 

  

 

Joriy yilning 13-17-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga Xitoy Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti direktori, professsor Qiao Gexia va Xitoy Milliy Zoologiya muzeyi direktori professsor Chen Jun lar tashrif buyurishdi.

Tashrif mobabaynida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bagʻishlangan “Ilm-fan - Yangi Oʻzbekiston poydevori” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

OʻzR FA Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov tomonidan xalqaro hamkorlar bilan Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari, yosh olimlarni Xitoyda PhD tadqiqotlarini olib borilishi va hamkorlikdagi yangi loyihalar muhokama qilindi.

OʻzR FA Zoologiya instituti huzurida Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma markazi va uning negizida qoʻshma laboratoriyalar tashkil etish masalalari kelishib olindi. Kelgusida rejalashtirilayotgan ishlardan samarali natija kutilayotgani alohida taʼkidlandi va bu yoʻnalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida fikr almashildi.

Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda kelgusi yili Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Hasharotlar xilma-xilligini baholash va monitoring tizimining asosiy texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro trening kurs dasturi muhokama qilindi.

   OʻzR FA Zoologiya instituti, Xitoy Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Samarqand davlat universiteti Zooologiya kafedrasi olimlari bilan Uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ekspeditsiyalar tashkil etish, talabalar almashinuvi va hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish masalalari kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!