Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Osiyo seysmologik komissiyasi (ASC) 16-Bosh assambleyasi yakunlandi


Osiyo seysmologik komissiyasi (ASC) 16-Bosh assambleyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu yirik ilmiy anjumanda Osiyo va boshqa mintaqalardan kelgan yetakchi seysmolog olimlar, mutaxassislar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, zilzilalarni o‘rganish, ularning oqibatlarini kamaytirish va monitoring tizimlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirning yopilishida FA Seysmologiya instituti direktori Vohidxon Ismoilov so‘zga chiqib, ushbu assambleya nafaqat ilmiy tajriba almashish maydoni bo‘lgani, balki davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.
Assambleya davomida bir qator ilmiy ma’ruzalar, panel muhokamalar va tajriba almashuv sessiyalari tashkil etildi. Ishtirokchilar zilzila xavfi yuqori hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmani mustahkamlash hamda innovatsion monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Ushbu Bosh assambleya Osiyo mintaqasida seysmologiya sohasidagi ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!