Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Orolbo‘yida yangi hayot: galofitlar va biotexnologiyaning istiqbollari


Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi X.U.Xalbekovaning “O‘ZBEKISTON GALOFITLARI (biotexnologik yondashuvlar va o‘simliklarning kimyoviy samaradorligi )” nomli monografiyasi nashr etildi. 

Mazkur monografiyada Orol dengizi tubidagi zararlangan tuproqlarning hosildorligini oshirish maqsadida sho‘r suv bilan sug‘oriladigan yerlarda istiqbolli galofit turlarini yetishtirishga qaratilgan kompleks tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
Shuningdek, galofitlarni ko‘paytirish va kultivatsiya qilishda biotexnologik usullarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilgan. Mikroklonal ko‘paytirish usullaridan foydalanish in vitro sharoitida yuqori tuz konsentratsiyalariga chidamli va ontogenezning ilk bosqichlarida tez rivojlanish qobiliyatiga ega chidamli mikroniholarni olish imkonini berishini haqida ilmiy ma’lumotlar keng yoritilgan. Mikroniholarni vegetatsion tajribalarga joriy etish, ularning sho‘r substratlarda ko‘chat tutishi, biomassa hosil qilishi va fiziologik barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Biotexnologik usullar degradatsiyaga uchragan yerlarni rekultivatsiya qilish va arid mintaqalar agroekotizimlarini barqarorlashtirish uchun mo‘ljallangan ekish materiallarini olishda yuqori samaradorlikka ega ekanligi to‘liq ilmiy asoslangan.  

Ushbu monografiya ilmiy jihatdan asoslangan va metodik jihatdan puxta ishlab chiqilgan tadqiqot bo‘lib, botanika, ekologiya, biotexnologiya sohalaridagi yosh mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va ulardan oqilona foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi amaliyotchi mutaxassislar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!