Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi


Joriy yil 14-15-sentabr kunlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida xorijiy olimlar ishtirokida "Operator algebralari, noassotsiativ tuzilmalar va turdosh muammolar" nomli respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya taniqli matematik olim, akademik, O‘zbekiston qahramoni Аyupov Shavkat Аbdullayevichning 70 yosh yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.

 

Sh.А.Аyupov O‘zbekiston ilm fani, oliy taʼlimi rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan olim, operatorlar algebralari, kvant ehtimollar nazariyasi va noassotsiativ algebralar sohasidagi dunyoga tanilgan zamonaviy ilmiy maktabning rahbari hisoblanadi.

Konferensiyada respublikamizdagi taniqli matematik olimlar, akademiklar, yosh tadqiqotchilar va Qozog’iston, Rossiya, Avstraliya, Braziliya, AQSh, Xitoy, Malaziya davlatlaridan 10 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiya ishi operator algebralari va nokommutativ integrallashlar, noassotsiativ algebralarning strukturaviy nazariyasi, funksiyalar nazariyasi, matematik fizika va ehtimollar nazariyasi, dinamik sistemalar nazariyasi va statistik fizika sho'balarida olib borildi.

 

Unda operatorlar algebrasi va nokommutativ integrallash nazariyasining asosiy yo‘nalishlari hamda assotsiativ bo‘lmagan algebralarning strukturaviy nazariyasi rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini, funksiyalar nazariyasi shuningdek, ularning matematik fizika, dinamik sistemalar nazariyasi va kvant ehtimollik nazariyasida qo‘llanishlari muhokama qilindi va o’zaro fikr almashildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!