馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

OAV vakillari, talaba va o鈥檘uvchilar Genomika va bioinformatika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi o‘simliklar genomi bilan bog‘lik zamonaviy ilmiy izlanishlar olib borish va ularni tadbiq qilish bilan shug‘ullanadi hamda hozirda bir qator yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Mazkur Markaz faoliyati bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish, olimlar, laboratoriyalar ish jarayonini bevosita kuzatish, sohadagi ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida bugun, 28-mart kuni OAV vakillari uchun press-tur va Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

 

Press-tur ishtirokchilari Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan qishloq xo始jaligi o始simliklari genomlari strukturasini o始rganish, g始o始za, bo始g始doy, soya, sholi, anor va uzum navlari uchun gen-muhandisligi va genom texnologiyalarini qo始llash; gen va hujayra muxandisligi, markerlarga asoslangan selektsiya, genom va virtual selektsiya dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida stress omillariga (sovuqqa, qurg始oqchilikka, sho始rlanish), kasalliklar (viltga) chidamli bo始lgan yangi, tolasi yuqori sifatli “genetik boyitilgan” hamda zararkunandalariga (ko始sak qurti) chidamli g始o始zaning tizmalari (liniya) va navlarini yaratish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 

 

Ma’lumot o’rnida: bugungi kunda Markazda 6 ta laboratoriya, Personallashtirilgan qishloq xo始jaligi ekinlarini o始rganish bo始limi, shuningdek, zamonaviy ilmiy usullar va asbob-uskunalardan foydalanib genetik o始zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini test qilish maqsadida Milliy muvofiqlashtirish markazi bo始limi faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, Markazda Toshkent viloyatida joylashgan Maxsus urug始chilik xo始jaligi, Issiqxona, Fitatron hamda Germaplazma noyob obyektlari ham mavjud.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!