Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“NAVOIYSHUNOSLIK.UZ” ELEKTRON PLATFORMASI YARATILDI


Alisher Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunidagi o‘rnini belgilash, shoirning boy adabiy-ilmiy merosini xalqaro miqyosda chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish maqsadida “navoiyshunoslik.uz” elektron platformasi ishga tushirildi.

Platformada Navoiy ijodini o‘rganayotgan xorijiy adabiyotshunos olimlar faoliyati, turli mamlakatlardagi ilmiy-ijodiy markazlar bilan hamkorlik natijalari, shoir asarlarining tadqiqotlari, tarjimalari, badiiy va ilmiy ishlari jamlanadi va ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.

Ma’lumki, Alisher Navoiy ijodi bugun jahon miqyosida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Berlin, AQSh, Fransiya, Vengriya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda Navoiy dahosi Homer, Dante, Shekspir kabi buyuk mutafakkirlar qatorida e’tirof etilgan.

“navoiyshunoslik.uz ” — Navoiy merosiga oid matn, tasvir, audio, video va animatsion materiallarni o‘zida jamlagan, yaxlit va zamonaviy ilmiy platformadir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!