Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Navoiy merosi dunyo olimlari nigohida


O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga Rossiyaning O'zbekiston bilan do'stlik va hamkorlik taskiloti raisi Igor Krugov tashrif buyurib, Muzey faoliyati bilan tanishdi. Igor Krugov Muzeyga "Qozon to'plamlarida Alisher Navoiy qo'lyozmalari" kitobini sovg’a qildi. Mehmon bilan suhbat samimiy ravishda o'tib, unga Muzey olimlarining Navoiy asarlari haqidagi tadqiqotlaridan namunalar taqdim etildi.

 

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Ilya Zaytsev tomonidan nashrga tayyorlangan mazkur kitob Tatariston Milliy kutubxonasi, Qozon Federal universiteti kutubxonasi, Tatariston Davlat arxivi, Sharq davlat muzeyi xodimlari hamkorligida chop etilgan.

Katalogda nodir qoʼlyozmalardagi minatyurali va naqshinkor sahifalarning faksimil tarzdagi suratlari hamda Аlisher Navoiy sheʼrlarning rus tilidagi tarjimasi bilan bogʼliq arxiv materiallaridan namunalar ham berilgan boʼlib, bu nashr allomaning 580 yillik yubileyiga munosib nashr etilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!