2021-yil 6-30-sentyabr kunlari O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazining “Qanqa ekspeditsiyasi paleolit bo始limi” Toshkent viloyati 袗ngren vohasida dala-qidiruv ishlarini olib borishdi. Tadqiqot ishlari Yangiobodsoy va Qorabog始soy yuqori oqimi, Muzbel hamda Ko始k shashir daralarida olib borildi. Natijada hududda bir qator arxeologik yodgorliklar topib o始rganildi.

Ekspeditsiya davomida o始rta paleolit davriga tegishli Muzbel 1 manzilgoh-ustaxonasi aniqlanib, dastlabki qazuv ishlari amalga oshirildi. Mazkur yodgorlikning O始zbekiston paleolit davrini o始rganishdagi ahamiyatini alohida ta始kidlab o始tish kerak. Hozirda 2x1 m. xajmdagi maydonda olib borilgan qazish ishlari natijasida ikkita madaniy qatlam aniqlandi. Muzbel 1 manzilgoh-ustaxonasidan topib o始rganilgan tosh artefaktlar tahlili yodgorlikni Obirahmat madaniyatiga oid yodgorliklar guruhiga mansubligi borasida dastlabki taxminlarni ilgari surish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda nafaqat O始zbekiston, balki butun O始rta Osiyo paleoliti uchun mavjud muammolardan biri bu ochiq turdagi yodgorliklarda madaniy qatlamning buzilmagan holda saqlanishi muammosidir. Muzbel 1 yodgorligi madaniy qatlamlari sathidagi artefaktlarning yotish holati va uzaro bir-biri bilan bog始liqlik hosil qilishi esa madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanganligini ko始rsatmoqda.
袗niqlangan yodgorliklarning ikkinchi, boshqa bir turkumi qoyatosh sur始atlari bilan bog始liq bo始lib, Qorabog始soyning yuqori oqimi Ko始k shashir darasida turli davrlarga tegishli ko始plab qoyatosh sur始atlari aniqlandi. Qoyatosh sur始atlarida turli hayvonlar, inson hamda geometrik shakllar tasvirlangan. Ular ishlanish usuli va kompozittsiyasi jihatidan bir-biridan farqli va o始xshash xususiyatlarga ega. Qoyatoshlar rasmlari ichida qadimgi sug始d yozuvida bitilgan yozuv ham aniqlangan bo始lib, bu petrografik yodgorliklarning ijtimoiy-madaniy mansubligini aniqlash imkonini beradi.
Qo始lga kiritilgan ma始lumotlarning bir qismi yer yuzasidan topilgan topilmalar bilan bog始liq. Muzbel 1 yodgorligi va Kuk shashir darasida joylashgan adirlik yuzasidan topilgan ikkita tosh buyum qadimgi jamoalar tuqimachilik yoki zargarlik hunarmandchiligi faoliyati haqida ma始lumot berishi mumkin. Bu kabi topilmalar noyob hisoblanadi. Hozirda ularning davri, analogiyasi hamda interpretatsiyasi haqida biror fikr yuritish qiyin.
Tosh buyumlarning nimaligi va qanday vazifa bajarganligini trasologik tadqiqot natijasida aniqlash zarur. Bu kabi tosh buyumlarga o始xshash tosh tumorlar so始nggi paleolit davridan boshlab paydo bo始lgan. Ko始k shashirdan topilgan topilma Xakasiya hududidagi Kichik Sya yodgorligidan topib o始rganilgan tosh tumorlarga o始xshash. Har ikkala topilma yer yuzasidan topilgan bo始lsada ularning hududiy yaqinligi, hududda ushbu turdagi xom-ashyo zahirasining mavjudligi ularning bitta davr va jamoaga tegishliligi ehtimolini oshiradi. Shuningdek bitta turdagi faoliyat natijasi yoki maqsadida tayyorlangan bo始lishi mumkin.