Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiya chop qilindi


OʼzR FА huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz katta ilmiy xodim, tarix fanlar doktori X.Buriyevaning “Mustaqillik yillarida Toshkent toponomiyasidagi transformatsion jarayonlar (1991-2007-yillar)” nomli monografiyasi chop qilindi. 

Mazkur monografiyada Toshkent shahrining eng yangi davr tarixiy toponimiyasi tadkik etilib, jumladan, 1991-2007 yillarda Toshkent shahar toponimlari, ularning tarixiy xususiyatlari va ularga oid tarixiy ma’lumotlar o’rin olgan. 

Mustakillik yillari Toshkent joy nomlariga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlar shahar mikrotoponimlarini tartibga solish va joy nomlarida tarixiylik hamda milliylik jihatlarini ask ettirish muhim rol o’ynashiga alohida e’tibor qaratilgan. Toshkentning tarixiy toponimiyasiga oid mulohazalar shahar tarixining turli qirralari - siyosiy, mamuriy, iqtisodiy, madaniy, tarixiy topografiya, o’lkashunoslik sohalari bo’yicha keltirilgan. 

Mazkur tadqiqotdan olingan ilmiy xulosalar mstaqillik davrining dastlabki yillarida Toshkent shahri tarixi xususida keng va aniq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 

Kitob tarixchilar, boshqa ijtimoiy hamda tabiiy fanlar mutaxassislari va keng kitobxonlarga mo’ljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!