Davlatimiz Rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta始lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san始at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni (https://president.uz/oz/lists/view/8413)ga muvofiq Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste始dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma始naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta始lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san始at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh vatandoshlarimiz mukofotlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi xodimlari ham bor.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Xodjayev Ablat - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullayev Nasrulla Djalilovich - O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari
Saatov Tal’at - O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik
«Do‘stlik» ordeni bilan
Muxtarov Ildar Askadovich - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi
Taqdirlanganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan qutlaymiz hamda ularga sihat-salomatlik, kelgusidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz.