馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Maydanak osmoni ostida: astronomiya, ilm va turizm uyg'unligi


Joriy yilning 7-8-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida, dengiz sathidan 2650 metr balandlikda joylashgan Maydanak observatoriyasida ushbu hudud turizm salohiyatini respublika va xorijda targ始ib etish maqsadida “Yulduzli osmon” astronomik ilmiy-amaliy anjumani hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, talaba-yoshlar uchun press-tur tashkil etildi. 

   

Tadbir Yangi O始zbekiston universiteti, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, 袗stronomiya instituti hamda “O'zbekkosmos” hamkorligida yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, so始nggi astronomik tadqiqotlar, ilm-fandagi yangiliklar hamda kashfiyotlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirib borish, shuningdek, ilm-fan va ta始lim integratsiyasini ta始minlash, “Dolzarb 90 kun” (o始quvchi-talabalarning yozgi ta始tilini mazmunli o始tkazish) doirasida o'tkazildi. 

 

Ma始lumki, Maydanak balandtog始 astronomiya observatoriyasi — O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗stronomiya institutining asosiy kuzatuv maskani hisoblanadi. Uning eng asosiy jihati — mustahkam atmosfera sharoitiga egaligi, yiliga taxminan 2000 soatlik musaffo tungi vaqt mavjud bo始lib, bu astronomik kuzatuvlar uchun yuqori sifatni ta始minlaydi.
Observatoriyaning Yevroosiyo materigining markazida, dunyodagi asosiy astronomik ob始ektlar — Kanar orollari va Gavayi orollari o始rtasida joylashganligi, hamda yaxshi astroklimatga egaligi tufayli Maydanak dunyodagi qator nufuzli xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Bu loyihalar astrofizik ob始ektlarni doimiy monitoring qilishni talab qiladi. 
Maydanakdagi ilmiy tadqiqotlar dunyodagi 20 dan ortiq yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Ular orasida Janubiy Koreya universitetlari konsortsiumi, Yaponiya Milliy astronomiya observatoriyasi, Xitoy F袗 Milliy astronomiya observatoriyalari, Frantsiyaning Nitstsa universiteti, Germaniyaning Gyote universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya F袗 Quyosh sistemasi instituti, Yevropa janubiy observatoriyasi (ESO) va boshqalar mavjud.

Maydanak observatoriyasida o'tkazilgan “Yulduzli osmon” astronomik anjumani mamlakatimizda ilm-fanni, xususan astronomiya sohasini rivojlantirish, yoshlarni ilmga jalb qilish hamda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo'ldi.
Press-tur respublika va xalqaro hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Maydanak observatoriyasining yuksak astroklimatik sharoiti va ilmiy salohiyatini keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qildi. Observatoriyaning jahon miqyosidagi nufuzli loyihalarda qatnashishi, yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorligi O'zbekiston astronomiyasining global ilmiy maydondagi o始rni tobora mustahkamlanayotganini ko始rsatadi.
Mazkur anjuman ilm-fan va ta始lim integratsiyasiga hissa qo始shib, mamlakatda ilm-fanga bo始lgan qiziqishni yanada oshirishga turtki bo'ladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!