Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Markaziy Osiyo geosiyosati tahlili: keng qamrovli ilmiy monografiya nashr etildi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i, s.f.d. V.V. Paramonovning  “Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya va Xitoy bilan aloqalari: yetakchi mutaxassislar va muassasalar, asosiy ilmiy nashrlar va tadqiqotlar” nomli monografiyasi xitoy tilida chop etildi.

 

Mazkur monografiyada Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan aloqalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Unda:

  •  20 dan ortiq mamlakatdan 500 ortiq yetakchi mutaxassislarning ishlari o‘rganilgan; 
  •  asosiy ilmiy nashrlar va tadqiqotlar tizimlashtirilgan xalqaro ilmiy rivojlanish darajasi va yetakchi olimlar hissasi tahlil qilingan.

Shuningdek, tadqiqotlar mamlakatlar kesimida (Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va global kontekst) ko‘rib chiqilib, eng muhim ilmiy ishlarga tasnif berilgan.
Ushbu nashr mintaqaviy hamkorlik va xalqaro munosabatlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!