Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Konstitutsiyaviy islohotlar mohiyati


Bugun 29-mart kuni Matematika institutida “Konstitutsiyaviy islohotlar mohiyati” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda institut direktori, xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizim masalalari qoʻmitasi senatori, Oʻzbekiston Qahramoni, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich maʼruza qilib, institut xodimlari va yosh olimlariga Yangilanayotgan Konstitutsiya Oʻzbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda ilm-fan, taʼlim sohasi hamda inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga  qaratilayotgan masalalar haqida  atroflicha maʼlumot berdi. Tadbir davomida Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar boʻyicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib borildi.  Shuningdek, yigʻilishda akademik Abdulla Aʼzamov ham oʻz fikrlarini bayon qilib, konstitutsiyaviy islohotlarlarga befarq boʻlmaslikni, kelajak uchun mas’ul ekanligimizni aytib o’tdi. 


  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!