Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kimyogarlar kuni muborak!


Ma’lumki, har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadigan ushbu kun kimyo sanoati va fani xodimlarining kasb bayrami hisoblanadi. Bu bayram, MDH ga kiruvchi – Rossiya, Ukraina, Qozog`iston, O`zbekiston va boshqa davlatlarda keng miqyosda nishonlanadi. Аn’anaga ko`ra, kimyogarlar kuni, odatda, may oyining so`nggi yakshanbasida bayram qilinadi. Bu yilgi Kimyogarlar kuni may oyining so`nggi kuniga to`g`ri keldi. Аytish joizki, mazkur kasb bayrami 1965 yildan beri nishonlab kelinadi. Moskva davlat universiteti talabalari tomonidan 1966 yilda taklif etilgan g`oyaga ko`ra, kimyogarlar kuni har yili Mendelyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlardan biri nomi ostida nishonlanish an’anasi yuzaga kelgan.

Bugun O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida “Kimyogarlar kuni” ga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Ushbu tadbirda institut yoshlari, doktorant va tadqiqotchilari tomonidan tashkillashtirilgan “3-renesans yoshlari”, “Kristall”, “Intelekt”, “Smart” jamoalari qiziqarli kimyoga oid savol-javoblarda o`z bilimlari bilan bellashdilar, shuningdek tadbirda qiziqarli kimyoviy tajribalar, badiiy qism o`tkazilib barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. G`oliblar va faol ishtirokchilar institut direktori va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma va sovg`alar bilan taqdirlanishdi.

Shu munosabat bilan mamlakatimizda kimyo yo`nalishida faoliyat yuritayotgan barcha kimyogarlarni kasb bayrami — «Kimyogarlar kuni» bilan tabriklaymiz! Barchalariga ilm-fan rivoji yo`lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz.

                                                                                                                                                                                        k.f.d.,professor Kuldasheva Sh.A.

 

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!