馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kichik quvvatli ko始chma fotoelektrik energiya manbai qurilmasi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan kichik quvvatli ko‘chma fotoelektrik energiya manbai ishlab chiqildi.

Kristalli kremniydan tayyorlangan fotoelektrik batareyalar asosidagi, quvvati 40-80 Vt bo‘lgan ko‘chma fotoelektrik manbaa (KFEM) respublikaning qishloq hududlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dala va fermer xo‘jaliklarida qishloq aholisiga qulaylik yaratish maqsadida uyali telefonlar, noutbuklar, kompyuterlar, televizorlar, zamonaviy svetodiod lampalar asosidagi yoritish tizimlari va boshqa elektr iste始molchilarini quvvat bilan ta始minlash uchun ishlatiladi.

Mazkur KFEM qurilmasi zamonaviy kontroller, GEL tipidagi akkumulyator va invertor bilan jihozlangan. KFEM qurilmasi parametrlarining quyoshli tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi o‘rganilgan va quvvati 150 Vt gacha bo‘lgan ~ 220 V, – 12 V va –5,4 V kuchlanishga mo‘ljallangan iste’molchilar uchun samarador ko‘chma fotoelektrik energiya manba qurilmalarini loyihalash va ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Hozirda qurilma respublikaning Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq joylarida sinovdan o‘tkazilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!