Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Isroilning Holon texnologiyalar instituti bilan hamkorlik


Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamda Isroilning Holon texnologiyalar instituti o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi I.Abdullayev, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev va Holon texnologiyalar instituti direktori E.Yakubov, Institut xodimlari hamda O’zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi F.Maxmudova ham ishtirok etdilar.

  

Uchrashuvda tomonlar o’zaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda olib boriladigan tadqiqotlar va hamkorlik yo’nalishlari haqida fikr almashdilar. Keyingi bosqichda hamkorlikda yo’l xaritalari ishlab chiqilib, shular bo’yicha ishlar olib borishga kelishib olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!