Fanlar akademiyasi masʼul xodimlarining iqtisodiy o‘qish tadbirida “Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar-oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari (qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari) ijrosi tahlili va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi birinchi vitse-prezidenti Sh.Sh. Sagdullaev maʼruzasi qildi. Uning “Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil 10 oyligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi tahlili bo‘yicha axborot eshitildi. “Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil noyabr-dekabr oylarida muddati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Аdministratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlarini barvaqt ijrosini taʼminlash bo‘yicha tegishli Yo‘l xaritalar va kalendar grafiklar tasdiqlanganligi, unga asosan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish lozimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari tadbirda mazkur oylarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijroni sifatli hamda o‘z vaqtida taʼminlash choralarini ko‘rishga qo‘shimcha ijrochilar va resurslarni safarbar etish belgilab olindi.