Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Innoweek-2025" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi start oldi


"Innoweek-2025" xalqaro innovatsion ishlanmalar haftaligida Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika mazkazi, Yadro fizikasi instituti, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiya instituti, Mikrobiologiya instituti, Bioorganik kimyo instituti, Zoologiya instituti, O'simlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti, Seysmologiya instituti, Navoiy bo'limi olimlarining ilmiy ishlanmalari namoyish etilmoqda.

 

 

Jumladan, Navoiy bo'limi olimlarining ishlab chiqilgan glouber tuzi - oq yoki koʼksimon kristall koʼrinishida boʼladigan mineral tuz boʼlib, suvda yaxshi eriydi va sanoat hamda tibbiyotda qoʼllaniladi. U XVII asrda nemis kimyogari Yoxann Rudolf Glouber tomonidan kashf etilgan. Bu tuz shisha, qogʼoz, kimyo va yogʼ ishlab chiqarishda, shuningdek, energiya saqlovchi innovatsion material sifatida ham ishlatiladi. Tibbiyotda esa u ich tozalovchi vosita sifatida foydalaniladi.
Glouber tuzi mavjud boʼlgan tabiiy balchiqlar ham shifobaxsh hisoblanadi. Ular teri kasalliklari, muskul va bugʼim ogʼriqlarini yengillashtirishda foydalidir. Bunday balchiqlar kurort va sanatoriylarda fizioterapiya maqsadlarida qoʼllaniladi.

Shuningdek, Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ko'mir briketi uchun bog'lovchi vositasi mahalliy xom-ashyolar asosida yaratilgan va u vosita mustahkamlikni oshirishni ta'minlaydi, issiqlik hamda yonish vaqtini oshiradi. 
Eng muhim jihati, import qilinayptgan bog'lovchidan 50 % arzon.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!