Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

InnoWeek-2025 doirasida “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi  


Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov ochib berdi hamda bugungi kunda ayollarning ilm-fanda yanada yuksalayotgani, ularga davlat tomonidan berilayotgan keng imkoniyatlar natijasi ekanini taʼkidladi. 

Mazkur Forumda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Shahlo Turdikulova ilm-fanda ayollarning o'rni, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, ilmiy faoliyat natijalarida olima ayollarning ulushini, shuningdek, ilm-fanda ayollar sonining ko‘payishi nafaqat jamiyatda tenglikni ta'minlashini, balki ilm-fanni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

 

Mazkur forumning asosiy maqsadi – ilm-fan, innovatsiyalar va biznesda ayollarning roli va salmoqli hissasini ko‘rsatish, bu borada erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda ularni hal etish yo‘llarini belgilashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, tadbir gender tengligini taʼminlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va innovatsion jarayonlarda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!