Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm va hayot yo‘lida: ayol liderlar bilan ochiq muloqot


Ayol-qizlarni ilm-fan, shaxsiy rivoj va yetakchilik sari ilhomlantirishga qaratilgan maxsus tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida “Olima yo‘li” hamda “Ikki yo‘l, ikki taqdir” nomli filmlar premyerasi tashkil etildi.

Unda olima ayollar, talabalar, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi. Mazkur tashabbus yosh ayol-qizlar hayoti va karyerasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yaʼni ularga oʻz imkoniyatlarini anglash, toʻgʻri kasb tanlash va shaxsiy rivoj yoʻlida ularni faol boʻlishga undash, hayotdagi muhim qarorlarni ongli ravishda qabul qilish madaniyatini shakllantirish ham asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Premyeradan soʻng tajribali va nufuzli ayol olimalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda turli sohalarda katta tajribaga ega boʻlgan ayol liderlar, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamediyeva, OʻzRFA vitse-prezidenti Shaxlo Turdiqulova ishtirok etib, oʻz bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Muloqot davomida olimalar muvaffaqiyat sari bosilgan qadamlar va bu yoʻllardagi duch kelgan qiyinchiliklari hamda ularni yengib oʻtish davomida olgan tajribalari haqida soʻzlab berdilar.

 

Bugungi kunda yoshlarning, ayniqsa, ayol-qizlarning oʻz yoʻlini topishi, jamiyatda faol oʻrin egallashi va oʻz salohiyatini toʻliq namoyon qilishi dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur tadbir aynan shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda tashkil etilgan boʻlib, ishtirokchilarga real hayotiy misollar orqali ilhom berishni maqsad qilgan.

Tadbir yakunida olima ayollar yoshlar va OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!