Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan rivoji yo‘lida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali oʻrtasida ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida muhim KELISHUV imzolandi.

 

Mazkur hujjat ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Kelishuv doirasida:
 qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi
 ilmiy maʼlumotlar va nashrlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi
olimlar uchun ilmiy infratuzilmalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi
 kutubxonalar va arxivlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi
 qoʻshma ilmiy ishlar tayyorlanadi
 konferensiya va seminarlar tashkil etiladi.

Ushbu hamkorlik ilm-fan rivoji, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali oʻrtasida imzolangan kelishuv ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!