Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan integratsiyasi: Oʼzbekiston va Rossiya olimlari materialshunoslikning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama qilmoqdalar


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida Rossiya Fanlar akademiyasi (RFА) Ural filiali delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv boʼlib oʼtdi. 

 

Muzokaralar davomida tomonlar quyidagi strategik muhim yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar:

  •  Ekstremal sharoitlarda ishlovchi kompozit va keramik materiallar sintezi;
  •  Quyosh energiyasini kontsentrlash va saqlash uchun energiyatejamkor qurilmalar yaratishda innovatsion yondashuvlar;
  •  Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar: Ikki davlat sanoati uchun zarur boʼlgan nodir metallar va qotishmalarni olishning yangi usullari;
  •  Yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil etish va qoʼshma «Double Degree» (ikki tomonlama diplom) dasturlarini rivojlantirish.

Tashrif doirasida mehmonlar institutning noyob ilmiy obyekti — “Katta Quyosh pechi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, yuqori haroratli sintez jarayonlarini kuzatdilar. Uchrashuv yakunida kelgusi yil uchun moʼljallangan "Yoʼl xaritasi"ni ishlab chiqish va xalqaro grant tanlovlarida birgalikda ishtirok etish boʼyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!