Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“GLAZAVIR” — ko‘zning virusli kasalliklariga qarshi zamonaviy bioeruvchan plyonka


O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan bioeruvchan “GLAZAVIR” virusga qarshi dorivor plyonka ishlab chiqildi.

  

Ushbu dorivor plyonka keng taʼsirga ega bo‘lib, virusga qarshi faollik, immun tizimini mustahkamlovchi, regeniratsiyalovchi, antiproliferativ xossalarni namoyon etishi aniqlangan.
Bioeruvchan “GLAZAVIR” dori plyonkasi yuqori qovushqoqlikni namoyon etib, ko‘z shox pardasidagi suyuqlik bilan uzoq taʼsirlashish xossasiga ega va ko‘z shox pardasi yuzasi bo‘ylab bir xil taqsimlanadi. 
Plyonka ko‘z quyi qobig‘iga qo‘yilganda vaqt davomida bosqichma-bosqich eriydi. Plyonka tarkibidagi biologik faol modda tomchi shaklidagi dori vositasiga nisbatan uzoq vaqt taʼsir etishi aniqlangan. 
“GLAZАVIR” dorivor plyonkalari oftalmologiyada virusli ko‘z kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Dorivor plyonkalari ko‘zga sutkasiga 1-2 marta qo‘yiladi. U bioparchalanuvchan va bioeruvchan bo’lib, salbiy ta’sirga ega emas.

“GLAZАVIR” bioeruvchan dorivor plyonkasi o‘zining yuqori samaradorligi, uzoq muddatli ta’siri va ko‘z to‘qimalariga mos biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Virusli ko‘z kasalliklarini davolashda xavfsiz va qulay vosita bo‘lib, tomchi shaklidagi preparatlarga qaraganda yuqori terapevtik afzalliklarga ega.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!