Zotafondfa Agriculture Group kompaniyasi rahbari janob Xu Yan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Genomika va bioinformatika markaziga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar markazning ilmiy yo‘nalishlari, laboratoriya sharoitlari va tadqiqotdagi yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida g‘o‘za seleksiyasi, biotexnologiyasi va urug‘chiligi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tajriba almashish, hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Bu memorandum kelgusidagi qo‘shma tashabbus va loyihalar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday tashriflar ilm-fan, texnologiya va xalqaro hamkorlikda yangi sahifalarni ochishga xizmat qiladi.