Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fizika-texnika instituti Yaponiyaning JICA pilot loyihasini qo’lga kiritdi


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Zero-Energy Building (ZEB) pilot loyihasini amalga oshirish uchun rasmiy tanlab olindi. 
Fizika-texnika institutining bu loyiha uchun tanlab olingani JICAning Qo’shma muvofiqlashtiruvchi Qo’mitasining (JCC) ikkinchi yig’ilishida rasman tasdiqlandi. 
JICAning ushbu loyihasi doirasida Fizika-texnika institutining ma’muriy binosi energiya samarador, ya’ni, minimal energiya sarflovchi binoga aylantiriladi. Binoning tashqi va ichki qismlari energiya saqlovchi ilg’or materiallar bilan qoplanadi. Ma’muriy binoning tom qismida quyosh panellari o’rnatilib, energiya samarador yagona sovitish-isitish tizimi barpo etiladi. Shuningdek, Fizika-texnika instituti ma’muriy binosining barcha oynalari Yaponiyadan keltiriladigan zamonaviy energiya samarador oynalariga almashtiriladi. 
Ushbu pilot loyihasining umumiy qiymati uch yuz o’ttiz ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Loyiha bo’yicha ishlar joriy yilning noyabr oyida boshlanib, taxminan bir yil davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!