Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasining bir qator yosh olimlari “Jamgʼarma stipendiati” deb eʼtirof etildi


Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʼyicha “El-yurt umidi” jamgʼarmasining matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari yoʼnalishlari boʼyicha eʼlon qilingan tanlovda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qator yosh olimlari “Jamgʼarma stipendiati” deb eʼtirof etildilar. Jumladan,
 Toshtemirov Bahodirjon Hayotjon oʼgʼli - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti;
Nurjanov Berdax Orinbayevich - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Qoraqalpogʼiston boʼlinmasi katta ilmiy xodimi;
Safarov Аkbar Raxmanovich - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand boʼlinmasi kichik ilmiy xodimi;
Аtamuratov Аlimardon Аbdirimovich - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm boʼlinmasi katta ilmiy xodimi;
Kurbaniyazova Gulsauir Tanirbergen qizi - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti kichik ilmiy xodimi;
Аzizova Zuxra Shuxratovna - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti kichik ilmiy xodimi;

Masharipova Sharofat Muxammadovna - Xorazm Maʼmun akademiyasi doktoranti.

Fanlar akademiyasi rahbariyati barcha gʼoliblarni muborakbod etadi hamda ularga ilmiy ishlarida yuksak parvozlar tilab qoladi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!