O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Fanlar akademiyasi akademiklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibiga Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasi, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi, shuningdek, Fanlar akademiyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kiritilib, ular batafsil muhokama qilindi.
Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Аyupov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan ushbu maqolasi haqida so‘zlar ekan, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi, mintaqaning yagona iqtisodiy makon sifatida rivojlanishini rag‘batlantirishi va Markaziy Osiyo davlatlarining global davradagi nufuzini sezilarli oshirishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.


Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev Prezident qarori loyihasi haqida batafsil axborot berib, taklif etilayotgan yangiliklar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Birinchi vitse-prezident-bosh ilmiy kotib Shomansur Sagdullayev Fanlar akademiyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot taqdim etdi. Shuningdek, umumiy yig'ilish doirasida Fanlar akademiyasi faoliyatidagi muhim natijalar va istiqboldagi rejalar toʼgʼrisida iqtisodiy o'qish ham o'tkazildi.
.jpg)
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ular bo‘yicha tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.