Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova boshchiligidagi delegatsiya “Kelajak texnologiyalari” forumida ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdikulova Mikrobiologiya instituti direktori Shahlo Miralimova hamda Institut laboratoriya mudiri Zahro Ahmedovalar Moskva shahridagi Jahon savdo markazida bo‘lib o‘tayotgan IV “Kelajak texnologiyalari” forumida ishtirok etmoqdalar.

 

Mazkur nufuzli Forum Roskongress jamg‘armasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi hukumati ko‘magida tashkil etilgan.
Forumning 2026-yilgi kun tartibi bioiqtisodiyotni rivojlantirish, biotexnologiyalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan.

Forum doirasida:

  • “Bioiqtisodiyot” milliy loyihasining ustuvor maqsadlari;
  •  ularni amalga oshirish mexanizmlari;
  •  Rossiya va jahon miqyosida bilim talab qiladigan texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha sanoat tendensiyalari va istiqbolli prognozlar muhokama qilinmoqda.

Tadbirda yirik sanoat yetakchilari, xalqaro va Rossiyaning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Forum doirasida texnologik yutuqlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan bo‘lib, unda yirik korporatsiyalar va yuqori texnologik korxonalar bioiqtisodiyot sohasidagi ilg‘or ishlanmalar va so‘nggi innovatsion yechimlarini taqdim etmoqda.
Mazkur xalqaro maydondagi ishtirok O‘zbekiston ilm-fani va innovatsion salohiyatini namoyish etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda bioiqtisodiyot yo‘nalishida yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!