Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayevga Xalqaro Fanlar akademiyalari Assotsiatsiyasining akademigi unvoni topshirildi


18-sentabr kuni Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Prezidiumi binosida Xalqaro Fanlar akademiyalari Assotsiatsiyasining (MAAN) 38-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda dunyoning 16 dan ortiq davlatlaridan, jumladan, Xitoy, Rossiya, Vetnam, Mongoliya, Ozarbayjon, Chernogoriya, Armaniston, Kuba, Qirg‘iziston, Gruziya, Tojikiston va boshqa davlatlarning Fanlar akademiyalari prezidentlari va rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev ham tadbirda qatnashdi.

Yig‘ilish davomida, bo‘lib o‘tgan saylov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayevga Xalqaro Fanlar akademiyalari Assotsiatsiyasining akademigi unvoni topshirildi. Shuningdek, akademik Shavkat Ayupov tashkilotning medali bilan taqdirlandi.

 

Tadbirda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, fan va innovatsiyalar sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. 
O‘zbekistonlik olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi va hissasi yuqori baholanmoqda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda fan taraqqiyotiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarning e’tirofi sifatida ko‘rilmoqda.Ushbu tadbir, o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalar uchun mustahkam zamin yaratishi kutilmoqda. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!