Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” ilmiy laboratoriyasi tashkil etiladi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.

Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, ushbu sohalarda fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini taʼminlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilgʼor biotexnologiyalar asosida rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu qarorga koʼra:

Toshkent vaktsina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaktsina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yoʼnaltirilgan faoliyati qoʼllab-quvvatlanib uning ushbu yoʼnalishdagi asosiy vazifalari belgilanadi.

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” ilmiy laboratoriyasi tashkil etiladi.

Ushbu biotexnologik laboratoriyalarni moliyalashtirish manbalari etib Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʼlar, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!