Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi 390-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7954065)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Surxondaryo, Samarqand hamda Namangan hududiy bo‘limlarini tashkil etish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining tegishli buyrugʻiga muvofiq Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor XOLMURODOV Rustam Ibragimovich Samarqand hududiy boʻlimiga, Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Hamidovich Surxondaryo hududiy boʻlimiga hamda Namangan bo‘limiga Namangan davlat universiteti prorektori, biologiya fanlari doktori, professor DEHQONOV Davron Burxonovich jamoatchilik asosida rais etib tayinlandi.