O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda ilm-fanni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar sifatini oshirish, oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida:
Shuningdek, ilm-fan va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani kuchaytirish, Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida yuridik shaxs makomiga ega bo‘lmagan Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi.
2026-yildan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi barcha ilmiy loyihalarning sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga asosan hamrais nomzodi kiritiladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-apreldan Fanlar akademiyasi oʻz tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) va ilmiy muassasalar faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etadi.
2026-yil 1-yanvardan ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yoʻnalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Shuningdek, Qarorga ko‘ra:
Mazkur qaror O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. U Fanlar akademiyasi faoliyatini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va ularning amaliy natijadorligini kuchaytirishga qaratilgan. Yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy diasporani jalb etish, ilm-fan va sanoat integratsiyasini mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali milliy ilm-fanning raqobatbardoshligi oshiriladi. Qaror natijasida ilm-fan iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotining muhim drayveriga aylanishi uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va institutsional sharoitlar yaratiladi.