Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Energiya muammosiga zamonaviy yechim: yangi milliy standart


Bugungi kunda elektr energiyasiga boʻlgan talab ortib bormoqda, ayrim hududlarda esa elektr uzilishlari ham kuzatilmoqda. Yuqori harorat, iqlim oʻzgarishi va energiya tanqisligi sharoitida quyosh va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish eng toʻgʻri yechimlardan biri hisoblanadi.
Ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari tomonidan “Kombinatsiyalangan shamol va quyosh fotoelektrik tizimlar. Texnik talablar” yangi milliy standart ishlab chiqildi.

  

Ushbu standartda shamol va quyosh energiyasini birgalikda ishlatadigan tizimlar qanday tuzilishi, qaysi uskunalardan foydalanish kerakligi va ularga qoʻyiladigan asosiy texnik talablar aniq va sodda tilda bayon qilingan. Jumladan, shamol turbinalari, quyosh panellari, akkumulyatorlar, kontrollerlar, invertorlar hamda masofadan kuzatuv tizimlari qamrab olingan.

Standart Oʻzbekistonning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Yuqori harorat, kuchli quyosh nurlanishi va shamolli hududlar uskunalarning ishonchli ishlashi va uzoq xizmat qilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu esa energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan roʻyxatga olingan va amaliyotga joriy qilingan.

Mazkur milliy standart nafaqat amaliyot uchun, balki xususiy sektor va olimlar uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. Kombinatsiyalangan energiya tizimlarini hisoblash, takomillashtirish va energiyani saqlash boʻyicha yangi tadqiqotlarga yoʻl ochadi. Bu esa mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!