Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Buxoro suv havzalarida baliqlar populyatsiyasi o‘rganildi


O‘zR FA Zoologiya instituti ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari “Buxoro va Navoiy viloyatlari suv havzalari rejimining o‘zgarishi sharoitida baliqlarining zamonaviy holati, ozuqaviy munosabatlari va rivojlanish dinamikasi” mavzusida bajarilayotgan davlat dasturi doirasida Buxoro viloyati hududida joylashgan suv havzalarida dala tadqiqotlarini olib borishdi.

 

Olib borilgan tadqiqot ishlari davomida Dengiz ko‘l, Oyoq og‘itma, Zamonbobo, Qoraqir ko‘llaridan ixtiologik va gidrobiologik namunalar olindi va ixtiofaunasining hozirgi holati o‘rganildi. Tadqiqot natijasida gidrobiologik  organizmlardan fitoplankton, perifiton, zooplankton hamda bentos organizmlardan jami 21 ta namunalar yig‘ildi. 
Asosiy ovlanish ahamiyatga ega bo‘lgan baliqlardan Sazan (Cyprinus carpio), Kumush tovonbaliq (Carassius gibelio), Oq sla (Sander lucioperca), Amur oq oqchasi (Parabramis pekinensis), Amur ilonbosh (Channa argus) turlari aniqlandi.

Olib borilgan dala tadqiqotlari Buxoro viloyatining suv havzalarida baliq turlarining zamonaviy holatini baholash, ularning ozuqaviy zanjirdagi o‘rnini aniqlash va populyatsiya rivojlanish dinamikasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ekspeditsiya davomida yig‘ilgan ixtiologik va gidrobiologik namunalar hududdagi suv ekotizimining barqarorligi hamda baliq resurslarini boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu tadqiqotlar suv-biologik resurslarni muhofaza qilish va samarali boshqarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!