Bugungi brifing Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fanlar akademiyasi Ilm-fan targʻibi markazi hamda “Science and innovation” kompaniyasi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Evrika” ko’rik-tanloviga bag’ishlanadi.
“EVRIKA” ko’rik-tanlovi 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar va mutaxassislarning davlat va jamiyat oldida, fan va innovatsiya sohasidagi yuqori natijalarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etilgan.
Tanlov har yili 5 ta yoʻnalishda joriy etiladi:
(fizika, matematika, astronomiya sohasi va boshqa aniq fanlar)
(kimyo, biologiya, zoologiya, geografiya, geologiya, seysmologiya, tibbiyot sohasi va boshqa tabiiy fanlar)
(nanotexnologiyalar, muhandislik innovatsiyalari, sun’iy intellekt, robotlashtirish, asbobsozlik sohasi va boshqa texnika fanlari)
(arxeologiya, tarix, etnografiya, filologiya, iqtisodiyot, huquq, san’at va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar)
Mukofot aniq, tabiiy, texnika va gumanitar fanlar yoʻnalishida salmoqli hissa qoʻshgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari uchun; iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, yangi texnika va ilgʻor texnologiyalar namunalarini ishlab chiqish uchun; yosh olimlarning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasining ahamiyati ularning ilmiy yutuqlari darajasi (istiqbolli ilmiy muammoni hal etish, yangi ilmiy yoʻnalish yoki ilmiy maktab yaratish) va ularning ilmiy natijalarini kelgusida qoʻllash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, yosh olimlarning ishlanmalarga qoʻshayotgan hissasining ahamiyati ishlab chiqilayotgan yangi texnika va ilgʻor texnologiyalar namunalarining ilmiy-texnikaviy darajasini, ularning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishni, hamda bu boradagi ishlar koʻlamini hisobga olgan holda belgilanadi.
“EVRIKA” mukofoti gʻoliblarga tanlov tashkilotchilari va yurtimizning eng taniqli olimlari tomonidan topshiriladi.
Taqdirlashga tavsiyalar tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdim etiladi.
Mukofot bir va bir necha (ya’ni 3 kishidan ortiq boʻlmagan) yosh olimlardan tashkil topgan guruhlarga ham beriladi. Mukofot guruh tomonidan qoʻlga kiritilgan taqdirda mukofot puli teng miqdorda guruh ishtirokchilari orasida boʻlinadi, diplom, statuetka hamda guvohnoma har bir ishtirokchi uchun alohida beriladi.
Mukofot faqat bir marotaba topshiriladi.
“Evrika”ning 2025-yilgi tanlovi uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi 165 000 0000 (bir yuzi oltmish besh million) soʻmni tashkil qiladi.
1-oʻrin uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari;
2-oʻrin uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
3-oʻrin uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
Mukofot gʻoliblari quyidagi bosqichlar asosida saralanadi va aniqlanadi:
2025-yil 1-maydan 2025-yil 15-iyulga qadar respublikamiz hududidagi barcha Oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida tanlovning birinchi bosqichi tashkil etiladi. Tashkilot Kengashlari tomonidan har bir nominatsiya boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi va gʻolib boʻlgan nomzodlarning kerakli hujjatlari www.evrika-academy.uz saytiga joylashtiriladi.
2-bosqichda ya’ni 2025-yil 15-iyuldan 2025-yil 1-sentabrga qadar tanlov tashkiliy qoʻmitasi tomonidan yurtimiz oliy ta’lim muassasalari va Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan barcha nomzodlarning hujjatlari oʻrganib chiqiladi va har bitta nominatsiya boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 10 nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2025-yil 1-sentabr sanasiga qadar barcha nominatsiyalar boʻyicha 10 nafar nomzodlar www.evrika-academy.uz sayti orqali e’lon qilinadi.
2025-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-oktabrga qadar tanlovning 3-bosqichi, ya’ni final bosqichi tashkil etiladi. Final bosqichida 2-bosqichdan oʻtgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosida oʻz loyihalari doirasida taqdimot qiladilar. Yurtimizning eng taniqli olimlari va soha mutaxasislaridan iborat tarzda tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan taqdimotlar 100 ballik tizimda baholanadi. Taqdimot natijalariga koʻra, har bir nominatsiya boʻyicha I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlanadi.
Nomzod taqdim etilgan kengash tomonidan ilmiy yutuqlari haqidagi tavsifiy xulosaga ega, hamda mukofotga taqdim etilayotgan tadqiqot natijalari bundan avval ommalashmagan va boshqa mukofotlarga tavsiya etilmagan boʻlishi shart.
Nomzodlarni taqdim etish uchun zarur me’yoriy hujjatlar (www.evrika-academy.uz saytiga 15-iyul sanasiga qadar joylashtirilishi lozim):
¾ Nomzodni mukofotga taqdim etish boʻyicha Ilmiy kengash bayonnomasi;
¾ Nomzodning taqdim etayotgan loyihasi, ilmiy yangiligi, tadqiqot natijasi;
¾ Nomzodning ma’lumotnomasi;
¾ 3x4 fotosurat;
¾ Ilmiy maqolalar roʻyxati
Gʻoliblar 2025-yil 10-noyabr “Butun jahon ilm-fan kuni”da boʻlib oʻtadigan tantanali taqdirlash marosimida taqdirlanadilar. Gʻoliblarga maxsus statuetka, diplom, guvohnoma va pul mukofoti topshiriladi.
Ilm-fan sohasida yuksak marralarni zabt etishga intilayotgan barcha yoshlar uchun — “EVRIKA” loyihasi imkoniyat yaratmoqda!
Bu tanlov ilm-fan olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan har bir iqtidorli va tashabbuskor yosh uchun yaxshi imkoniyat. Siz ham ushbu tanlovda faol ishtirok eting, o‘z yutuqlaringiz bilan ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing!
“Evrika” ko‘rik tanlovi haqida batafsil www.evrika-academy.uz hamda Fanlar akademiyasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishishingiz mumkin!