Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanika institutida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar anonsi


 

Botanika institutida tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simliklar dunyosi har tomonlama o‘rganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o‘simliklar introduksiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi.

80 yildan ortiq vaqt davomida Botanika instituti Oʼzbekistonda o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va saqlab qolishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, jumladan, floristika, o‘simliklar sistematikasi, geobotanika, o‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi, molekulyar filogeniya va biogeografiya, mikologiya, algologiya, dorivor o‘simliklar, kamyob o‘simlik turlarining kadastri va monitoringi, o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi ilmiy-tekshirish tashkiloti sifatida samarali faoliyat yuritmoqda. O‘tgan 2022 yilda ham institut faoliyatining barcha jabhalarida salmoqli natijalarga erishdi. Davlat dasturlari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlardan olingan muhim natijalarning aksariyat qismi nufuzli jurnallarda nashr etildi. Xalqaro aloqalar keng yo‘lga qo‘yilgan 2022 yil institutda bajarilgan ishlar bo‘yicha quyidagi manzilda batafsil tanishishingiz mumkin:

o’zbek tilida https://botany.uz/wp-content/uploads/2023/04/Annual_report_UZB.pdf

rus tilida https://botany.uz/wp-content/uploads/2023/04/Annual_report_RUS.pdf,

ingliz tilida https://botany.uz/wp-content/uploads/2023/04/Annual_report_ENG.pdf.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!