Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanik olimlar bioxilma-xillikni o‘rganish bo‘yicha xalqaro seminarida ishtirok etishdi


O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti yosh olimlari 2021-yil 3-iyuldan 11-iyulgacha Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Varzob tog’-botanika stansiyasida (VTBS) "Kondara"da Bioxilma-xillikni o’rganish bo’yicha Xalqaro seminar bo’lib o’tdi. Seminar Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tashabbusi bilan MDHga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo’yicha davlatlararo jamg'armasi ko’magida  o’tkazildi. Seminarda MDH mamlakatlaridan (Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston) 30 dan ortiq yosh biolog olimlar  ishtirok etishdi. 

Seminar ishtirokchilari Varzob “Kondara" tog‘-botanika stantsiyasida o‘rnatilgan zamonaviy raqamli meteorologik stantsiyasi, Tojikiston Respublikasi florasi hamda yosh olimlar bilan fikr almashish, ilmiy aloqa o`rnatishdagi imkoniyatga ega bo‘ldilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!