Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Bisyor” — yangi biotexnologik kartoshka navi! Innovatsion yondashuv bilan yaratilgan yangi nav


RNAi texnologiyasi yordamida yaratilgan “Bisyor” kartoshka navi O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan innovatsiya va biotexnologiyaning yangi usuli bilan yaratilgan!

 Hosildorligi: 40-41 tonna/ga 
 O‘rta-ertapishar nav, o‘sish muddati: 80-85 kun
 O‘simlik bo‘yi: 50-55 sm
 O‘simlik shakli: tup tik yoyilgan
 Gulining rangi: oq
 Tuganagining rangi: sarg‘ish 1 dona tuganak og‘irligi: 115-120 gramm

 Ta’lim va texnologiyaning muvaffaqiyatli uyg‘unligi:
PHYB genini RNAi usuli bilan susaytirish orqali o‘simlik ontogenezini boshqarish va hosildorlikni oshirish imkoniyati yaratildi.

 Qoraqalpog‘iston tajribasi:
2025-yilda Amudaryo tumani, To‘lqin OFYda “Xonadonbay” tizimida 2.4 sotix maydonda 5 ta xonadonga ekib, yuqori hosildorlikka erishildi.

 “Bisyor” — yangi texnologiyalar va yuqori hosildorlik sari qadam!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!